Sarri "Chelsi"ni boshqaradigan bo'lsa, "Napoli"ning 5 futbolchisini taklif qilmoqchi

Tolibjon Qosimov
25 may 2018, 15:14
"Napoli" sobiq bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Chelsi"ni boshqarishga yaqin.

59 yoshli mutaxassis Neapol klubidan Londonga biryo'la 5 futbolchini taklif qilmoqchi.

Yuqoridagi o'yinchilardan faqat uch nafarining shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan - Raul Albiol, Elseid Xyusay va Petr Zelinskiy. Zelinskiyni "Napoli"ning yangi ustozi Karlo Anchelotti saqlab qolmoqchi.

Bundan tashqari, Sarri "Chelsi"ga himoyachi Kalidu Kulibali va yarim himoyachi Jorjinoni ham jalb etmoqchi. Senegallik sotilmaydi, braziliyalik esa "Manchester Siti" bilan muzokara olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-italia.net