

Har ikki jamoa Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashmoqda va to'rtinchi o'rindagi "Lacio" va beshinchi o'rindagi "Atalanta" o'rtasidagi farq bor-yo'g'i 1 ochkoni tashkil etadi.
"Atalanta" jismonan cho'ksa, bu oddiy jamoa. Agar ular jismonan yaxshi holatda bo'lsa, juda kuchli. Dahshatli o'yin bo'ladi, ularga qarshi o'ynash tish shifokoriga borishga o'xshaydi", – dedi rimliklar ustozi Mauricio Sarri.
"Lacio"ning "Olimpiko"da "Atalanta" ustidan qozongan so'nggi g'alabasi 2017 yilda qo'lga kiritilgan, shundan beri o'z uyida 2 ta mag'lubiyat va 3 ta durang qayd etilgan.



