Sarri "Lacio"ga qaytdi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2025
Mauricio Sarri "Lacio"ga qaytib keldi.

Klub 66 yoshli mutaxassisni bosh murabbiy lavozimiga tayinlaganini e'lon qildi. Avvalroq jamoani Marko Baroni tark etgan edi.

Xabarlarga ko'ra, Sarri bilan shartnoma 2 yilga mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Italiyalik mutaxassis 2021 yildan 2024 yilgacha "Lacio"da ishlagan. 2024/25 mavsum yakuni bo'yicha rimliklar A Seriyada 7-o'rinni egalladi va evrokuboklarga chiqa olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sslazio.it