Sarri Rimga qaytishga yaqin

Alisher Ostonov
1 iyun 2025, 00:51
Mauricio Sarri "Lacio" boshqaruviga qaytishga juda yaqin turibdi.

Taniqli jurnalist Alfredo Pedulla o'z saytida yozishicha, yozning birinchi kunida muhim uchrashuv bo'lib o'tadi, unda tomonlar barcha tafsilotlarni muhokama qiladi.

Sarriga 2 yillik shartnoma va 2,5 million evro maosh taklif qilingan. Shartnomada Yevropa Ligasiga chiqish uchun 500 ming evro va Chempionlar Ligasiga chiqish uchun 1 million evro bonus ko'zda tutilgan.

"Lacio" Italiyada yakunlangan mavsumni ettinchi o'rinda yakunladi. "Burgutlar" o'z maydonida "Lechche"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, evrokubok yo'llanmasini qo'ldan chiqardi. Mauricio Sarri "Lacio"ni 2024 yilning mart oyida tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: alfredopedulla.com