Sardor Rashidovning otasi: "O'g'limga "Espanol" va "Atletik" qiziqib qolganini bilardim"

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2015, 12:41
O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidovning otasi Ixtiyor Rashidov "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Ushbu intervyuda Ixtiyor Rashidov o'g'liga Ispaniya klublari qiziqib qolganini ma'lum qildi.

- Sardor anchadan beri Ispaniya chempionatini yoqtiradi. Buni qarangki, La Ligadan "Espanol" va "Atletik" klublarining qiziqib qolgani sizga qanday ta’sir o'tkazayapti?
- To'g'ri aytdingiz, o'g'lim rostdan ham Ispaniya chempionatini yoqtiradi. Aslida "Espanol" va "Atletik"ning qiziqib qolganini men ham bilardim. Albatta, bunday jamoalarning o'g'limga befarq emasligi meni xursand qilayapti. Lekin bu qachon amalga oshishini vaqt ko'rsatadi. Sardor bilan gaplashganimda ham mana shunday qiziqishlar bo'lyapti deb aytib turadi.

O'g'limning "Bunyodkor" klubi bilan shartnomasi bor va ular uning egasidir, - deydi Ixtiyor Rashidov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia