Sardor Rashidov bugun Qatarga uchib ketadi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2015, 15:05
Qatarning "Al Jayish" klubi bilan uch yillik bitimga imzo chekkan Sardor Rashidov bugun yangi klubi ixtiyoriga borib qo'shiladi.

Kecha Jizzaxda bo'lib o'tgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvini kuzatgan futbolchi, o'yindan keyin sobiq jamoadoshlari bilan uchrashdi. Qizig'i, yarim himoyachi faoliyatini "So'g'diyona"da boshlab, "Bunyodkor"da davom ettirgan edi.

Biz Sardorga Qatar "Super ligasi"dagi faoliyatiga omad tilaymiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia