Sardor qaytadi. Simeone Gabini o'ziga yordamchi etib tayinlaydi

Alisher
26 may 2020, 15:40
"Atletiko" sobiq yarim himoyachisi Gabi kelasi mavsumdan bosh murabbiy Diego Simeonega yordam beradi.

"Atletiko"ning sobiq sardori bundan oldin ketishini e'lon qilgan assistent Xerman Burgosning o'rnini egallaydi.

Gabi "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bosh jamoada 11 mavsum to'p tepib, 413ta o'yinda maydonga tushgan.

36 yoshli futbolchi 2018 yilda "Al Sadd"ga o'tgandi va Qatar klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca