Syerdar Azmun: "Do'stim Odil Ahmedovni ko'rish uchun stadionga keldim"

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2019, 12:00
Osiyo Kubogi 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvini ko'rish uchun Eron hujumchisi Syerdar Azmun tashrif buyurdi.

Mashhur futbolchining qisqa bo'lsa ham fikrlarini olishga muvaffaq bo'ldik.

"Bugun menda dam olish kuni shu bois do'stim Odil Ahmedovning o'yinini ko'rish uchun stadionga keldim.

Uchrashuvda menimcha Ahmedov eng yaxshi futbolchi bo'ldi. Osiyo Kubogida ko'plab yaxshi jamoalar bor, kim finalga chiqishini oldindan aytish qiyin", - deydi Azmun.

Akramjon Mamadaliev yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia