Sardor Abduraimov: "Joriy mavsumda Pro liga to'purari bo'lmoqchiman"

Sherzod Nurmatov
12 mar 2022, 22:01
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Turon" – "Aral Samali" (3:0) o'yinidan keyin mezbonlar vakili, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sardor Abduraimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ko'rib turganingizdek, bugun uyimizdagi birinchi o'yinimizni o'tkazdik. Boshida hayajon sezildi, buni mas'uliyat bilan bog'lagan bo'lardim. Allohga shukrki, biz uchun hammasi yaxshi yakunlandi va muxlislarni xursand qila oldik deb o'ylayman. Yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun rahbariyatga tashakkur", – dedi Sardor Abduraimov.

- "Buxoro"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- "Buxoro" jamoasini keraklicha o'rganamiz. Murabbiylar ko'rsatmalarini olgan holda yaxshi tayyorgarlik olib boramiz. 

- Ushbu mavsumda nechta gol urishni maqsad qilgansiz? 

- Joriy mavsumda Pro liga to'purari bo'lmoqchiman. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia