Saponara Astoriga ta’sirli xat yozdi

7 mar 2018, 17:01
Kuni kecha "Fiorentina" futbolchisi Davide Astori vafot etganidan xabaringiz bor.

Marhumning jamoadoshi Rikardo Saponara unga atab ta’sirli xat yozdi.


"Ex mening sardorim! Nima uchun sen biz bilan nonushta qilish uchun kelmading? Markoning xonasidan oyoq kiyimingni olib chiqmading va nima uchun apelsinli sharbatingni ichmading? Bizga hayot davom etayotgani haqida gapirishmoqda, lekin sensiz bu qanday bo'ladi? Kim bizni iliq tabassum bilan nazorat qilib turadi? Yosh futbolchilarni kim tergab turadi? Mashg'ulotdan so'ng, charchab kelib kimning elkasiga boshimni qo'yaman? Iltimos, ortga qayt. "La-La-Lend"ni tomosha qilishimiz va uni baholashimiz kerak. Ortga qayt, shartnomani uzaytirish uchun ular seni Florenciyada kutishmoqda. U yerdan chiq, biz seni kutyapmiz. Qayerda bo'lsang ham, darvozani qo'riqlashda davom et va bizni to'g'ri yo'lga boshla. Bir umrga sardor" - deya post qoldirgan Saponara o'zining shaxsiy instagramdagi sahifasida.


O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru