Sanya Manchester Siti yoki Chelsiga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
6 may 2014, 13:06
Arsenal himoyachisi Bakari Sanya yozda erkin agent sifatida boshqa klubga o'tmoqchi.
Fransiyalik futbolchining Arsenal rahbariyati tomonidan taklif qilinayotgan yangi shartnoma shartlari qoniqtirmayapti.

Sanya Manchester Siti yoki Chelsiga o'tishni o'ylamoqda, deb xabar bermoqda L’Equipe nashri.

31 yoshli futbolchiga Inter va Galatasaray kabi klublardan ham taklif bor, biroq Sanya ularni rad qilmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru