Santush Ronaldu o'ynamasligi haqida: "Yangiliklar o'qimayman. Ertangi o'yinga eng yaxshilarni tushiraman"

Aslanov Jasurbek
5 dek 2022, 22:29
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santushning so'zlriga ko'ra, u tarkib tanlashda odamlarning fikriga quloq solmas ekan.
Oldinroq Portugaliyaning A Bola nashri Ronaldu asosiy tarkibda bo'lishi kerakligi haqida so'rovnoma o'tkazdi va unda "YO'Q" deganlar 70%ni tashkil etdi.


"Kechirasiz, odamlarning fikridan kelib chiqib qaror qabul qilmayman, yangiliklarni o'qimayman.

O'yinga tayyorgarlik uchun menda bor yo'g'i 3 kun bor, shu sababli ko'p o'ylab o'tirmayman. Eng yaxshilarni maydonga tushiraman. Bu yerda paydo bo'lganimdan beri bir hayoldaman - Portugaliya terma jamoasi va mamlakatiga yordam berish" - deydi Santush.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola