Santush Portugaliya termasida ko'proq qoladi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2020, 21:42
Portugaliya futbol federatsiyasi o'z rasmiy saytida terma jamoa bosh murabbiyi Fernandu Santush bilan shartnoma uzaytirilganligini rasman e'lon qildi.

65 yoshli mutaxassis bilan yangi kelishuv 2024 yilgacha davom etadi.

Santush 2014 yilda terma boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Shu vaqtdan buyon terma 2016 yilda Yevropa chempionati va 2019 yilda Millatlar ligasi turnirlarida g'olib bo'ldi.

Santush shartnomaga ko'ra, termani Evro-2020, Qatar-2022 va Evro-2024 turnirlariga tayyorlaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal