Santush: “Gollandiya so'nggi yillarda ancha kuchaydi”

9 iyun 2019, 07:58
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush UEFA Millatlar ligasi final bahsidan oldin Gollandiya terma jamoasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Maqsadimiz raqib qay tariqa bizga hujum uyushtirishini aniqlab olish. So'nggi yillarda gollandiyaliklar yaxshigina kuchayishdi. “Ayaks” Chempionlar ligasida ajoyib ishtirok etdi, gollandiyaliklar safida ushbu musobaqada g'olib chiqqan futbolchilar bor. Bularning barchasi Gollandiya terma jamoasi futbolchilari yuksak saviyada o'yin namoyish eta olishlaridan darak beradi.

Biz finaldamiz. Shu bois futbolchilar qanchalik charchoq holatda bo'lishmasin, finalning o'zi yuqori motivaciya beradi. Muhimi psixologik holat. Futbolchilarda kerakli natijaga erishish uchun kuchli iroda bo'lishi lozim. Final shubhasiz, ajoyib o'yin bo'ladi. Biz portugaliyalik muxlislarga quvonch keltirmoqchimiz”, deya Santushning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА матбуот хизмати