"Sanliufraspor" g'alaba qozondi, Dilshod Rahmatullaevda 89 daqiqa

Narzulla Saydullayev
24 fev 2014
Turkiya birinchi divizionida 27-turidan o'rin olgan bir qator o'yinlar bo'lib o'tdi.
Dilshod Rahmatullaev to'p tepayotgan "Sanliufraspor" klubi o'z uyida "Adana Demirspor"ni qabul qildi. O'yinda 2:1 hisobida maydon egalari g'alaba qozonishdi. Hamyurtimiz 89-daqiqada boshqa futbolchiga almashtirildi.

"Sanliufraspor" ayni paytda 26ta o'yindan so'ng 33 ochko to'plab musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi turni 2 mart kuni "Boluspor"ga qarshi o'tkazadi.

"Sanliufraspor" - "Adana Demirspor" 2:1
Gollar:
Yesilmen 64, Turachi 79 - Batdal 22.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia