Sanjar Tursunov "Vorskla"ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 08:40
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov faoliyatini yana Ukrainada davom ettiradi.

Bungacha Qatarning "Umm Salal" klubida faoliyat olib borgan hamyurtimiz yana sobiq klubiga qaytdi. Kuni kecha Tursunov "Vorskla" klubi bilan shartnoma tuzdi.

O'zbekistonlik yarim himoyachi Poltava klubida 61ta o'yinda 10ta gol urib, 9ta golli pas bergan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia