Sanjar Shoahmedov "Lokomotiv" bilan shartnomasini uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2016, 16:56
Iqtidorli yarim himoyachi, “Lokomotiv”ning o'tgan mavsumdagi “Eng yaxshi to'purari” bo'lgan Sanjar Shoahmedov klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra yana bir yillik shartnoma imzolashdi.

Avvalroq Sanjarning boshqa jamoaga o'tishi haqida gap-so'zlar chiqqandi. Da'vogarlar orasida “Nasaf” va “Bunyodkor”ning nomi tilga olingandi. Biroq futbolchi “temiryo'lchilar” tarkibida qolishni maqul ko'rdi. Biz yangi boshlanadigan mavsumda Shoahmedovga omad tilagan holda undan yana ajoyib o'yinlarni kutib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz