

“Yo'l qo'ygan xatolarimiz evaziga “Paxtakor”ga mag'lub bo'ldik. “Sherlar” xatolarni kechirmaydigan jamoa. Bizga omad yetishmadi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda o'z darvozamizdan bitta to'p olib chiqqanimizdan so'ng ruhan tushkunlikka tushib qoldik. “Paxtakor” avvalgi turda “Neftchi” jamoasiga mag'lub bo'lganidan so'ng bu turda g'alaba qozonishi shart edi. Shuning uchun ham o'z uyida 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun harakat qilishdi. “Paxtakor”ga qarshi oson o'yin bo'lmasligini bilardik. Uchrashuvda kichik jarohat oldim. Menimcha jiddiy emas deb o'ylayman”, - deydi “So'g'diyona” klubi sardori Sanjar Rashidov.
Jahongir Sotvoldiev



