Sane "Bavariya"ga o'tishga qaror qildi!

1 avg 2019, 22:10
"Manchester Siti" yarim himyaochisi Leroy Sane "Bavariya" klubi bilan shartnoma imzolashga tayyor.

Kicker nashrining ma'lum qilishicha, Sane myunxenliklar safiga borib qo'shilishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Transfer narxi 100 mln evrodan ko'p bo'lishi ma'lum bo'lib ulgurgan. 

Avvalroq, "Bavariya" rahbariyati Saneni sotib olish uchun "Siti"ga rasmiy taklif yuborishgandi. 

O'tgan mavsum Sane APLning 31 o'yinida ishtirok etdi va 10 ta gol urib, 11 marta golga hammualliflik qildi.


O'xshash yangiliklar


Manba: kicker.de