Sancho - Ronaldu haqida: "U shunchaki sehrgar"

Mirjalol Normatov
25 fev 2022, 22:31
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

- U bilan yonma-yon o'ynash ajoyib! Krishtianu zo'r futbolchi va yaxshi shaxs. Ronaldu doimo g'alaba qozonishni va yoshlarga nimalarnidir o'rgatishga harakat qiladi. Biz doimo eng yaxshisi bo'lishimiz kerakligini aytadi. U men uchun qadrli inson.

- Ronaldu Siz va jamoadoshlaringizga nimalarni o'rgatdi?

- Raqiblarni qanday aldab o'tish, to'g'ri poziciya tanlash, yarim himoyachilar to'pni egallab olgan paytda nimalar qilish kerakligini doimo o'rgatadi.

U doimiy ravishda ortdan turib, ko'rsatmalar beradi. Ronaldu uzoq yillardan buyon futbolda. Uning tajribasidan foydalanish kerak. U shunchaki sehrgar, - dedi vinger.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal