Sanches va Vidal "Inter"dan ketishga yaqin

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021
Milan klubi yarim himoyachi Arturo Vidal va vinger Aleksis Sanchesdan qutulish niyatida.

Manbaga ko'ra, klub rahbariyati Sanches o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'lib, omma oldida chiqish qilganidan norozi, shu bois u qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Vidal esa shartnoma yakuniga qadar jamoada qolishi dargumon. Uning "Inter" bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Alohida aytish lozim, ikki chililik "Inter"da eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar hisoblanishadi. Sanchesning maoshi – 7 million evro,  Vidalniki – 6,5 million.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport