Sanches shartnoma bekor qilinishi ortidan MYUdan 7,5 million funt olgan

Alisher
7 avg 2020, 11:45
"Inter"da ijara asosida o'ynagan yarim himoyachi Aleksis Sanches qaysi shart bilan klubning to'laqonli a'zosi bo'lgani ma'lum bo'ldi.

31 yoshli chililik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan shartnoma buzilishi sabab kompensaciya sifatida 7,5 million funt atrofida mablag' olgan.

O'z navbatida manchesterliklar ham 40 million tejab qolishdi, Sanchesning yana ikki yillik shartnomasi bor edi va u shu vaqt davomida shuncha mablag' maosh olardi.

Xavbek MYUda haftasiga 390 ming funt maosh olayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com