Sanches oradan bir yil o'tib "Inter"ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023
Aleksis Sanches Milan klubi futbolchisiga aylandi.

Vinger "neradzurri" bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. U "Inter"ga erkin agent sifatida qo'shildi, uning maoshi yiliga 3 million evroni tashkil qiladi.

Aleksis 2019 yildan 2022 yilgacha "Inter" safida to'p tepgan. U jamoa bilan birgalikda A Seriya, Italiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

Vinger o'tgan mavsumni "Marsel"da o'tkazdi va Liga 1'da 35 ta o'yinda harakat qilib, 14 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: inter.it