Sanches MYUga o'tishga rozi bo'ldi. Endi Mxitaryan "Arsenal" bilan shartnomaga rozilik berishi kerak

Tolibjon Qosimov
16 yanv 2018, 13:31
"Arsenal" klubi Aleksis Sanchesni "Manchester Yunayted" vingeri Genrix Mxitaryanga almashtirishga tayyor.

"Sky Sport Italia"ning ma'lumotiga ko'ra, Aleksis "Yunayted" bilan shartnoma shartlariga rozilik berdi. Endi klub va o'yinchi Mxitaryan "Arsenal" bilan kelishib olishini kutishmoqda.

Oldinroq, "Arsenal" o'z futbolchisi uchun MYUdan Genrix Mxitaryanni olmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sport Italia