Samvel Babayan: "Ushbu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz"

Sherzod Nurmatov
10 mar 2022
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so'ng "lochinlar" ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.

"Raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik. Shunday kurash kechishi aniq edi. Ushbu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Jamoadagi futbolchidan tortib murabbiygacha muxlislarning xursand bo'lishi uchun qayg'uradi. Bu yil o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Ilk turdanoq buning isbotini ko'ryapmiz. 

Tarkibimiz keng. Rotaciyalar amalga oshirish uchun imkoniyatimiz bor. Shunday ekan, vaziyatga qarab rotaciyalar qilamiz", – deydi Samvel Babayan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia