Samvel Babayan "Navbahor" bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2022, 13:30
Namanganing "Navbahor" klubi bosh murabbiyi shartnomasini uzaytirdi.

"Samvel Babayan "Navbahor" bilan amaldagi shartnomasini 2025 yil oxirigacha uzaytirdi", - deb yozadi PFLning telegramdagi rasmiy kanali. 

Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan "Navbahor" bosh murabbiyi sifatida Superligada 15ta o'yin o'tkazdi va 9ta g'alaba, 4ta durang hamda 2ta mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa 31 ochko bilan ayni paytda chempionatda peshqadam bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia