"Sampdoriya" o'yinchisi koronavirusdan tuzalgan edi, ammo...

Alisher
15 apr 2020, 13:11
"Sampdoriya" bosh murabbiyi Klaudio Raneri Italiya jamoalari o'yinchilarini mavsum davom etishi oldidan qattiq tekshirishi kerakligini aytdi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, jamoasidagi o'yinchi pandemiya davrida ikkita ijobiy test topshirgan.

"O'yinchimizning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy (bor) chiqdi, keyin esa salbiy (yo'q) natijani ko'rdik. U uyida mashg'ulotlar qilayotganda yana testi ijobiy (bor) chiqdi.

Virus yurakka doimiy tarzda ta’sir qilishi haqida o'qidim. Agar biz mavsumni davom ettirmoqchi bo'lsak, o'yinchilar butunlay sog' va qattiq testdan o'tishi kerak bo'ladi", - deydi Raneri.

Eslatib o'tamiz, martda "Sampdoriya" klubida 15 kishi koronavirusga chalingani haqida ma'lumot berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAI 1