

"Bunday sharoitlarda Chili terma jamoasida ishlamoqchi emasman. Qisqa vaqt ichida Chili futboliga katta yordam bergan inson hurmati bunchalik tez yo'q bo'lishini kutmagan edim. Xafaman va hozirgi sharoitlarda jamoani boshqara olmayman. Salax meni tushunadi va ketishimga ruhsat beradi deb o'ylagan edim. Uning qarashlaridan hayron bo'ldim. Ular meni asir kabi ushlab turibdi. So'nggi oylarda sodir bo'lgan voqealardan so'ng, ketish uchun etarlicha sababim bor deb o'layman" - deydi Sampaoli.



