Saloh Misr terma jamoasining mart oyidagi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirilmadi

Alisher
10 mar 2024, 23:05
Muhammad Saloh Misr terma jamoasining martdagi bahslarida ishtirok etmaydi.

"Liverpul" vingeri milliy jamoaning yaqin o'yinlariga chaqirilmadi. Futbolchi sog'lik bilan bog'liq muammolarni boshdan kechirmoqda.

Misr terma jamoasi 22-26 mart kunlari Winsunited kubogida ishtirok etadi. BAAda o'tadigan o'rtoqlik turniriga shuningdek Xorvatiya, Yangi Zelandiya va Tunis taklif qilingan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/EgyptNT_EN