

Uchrashuvda “qizillar” yetakchisi Muhammad Saloh 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi. Natijada Saloh APL doirasida “Liverpul” safida gol+pas tizimida 100 ochko ishladi. Uning hisobida 73 ta gol va 27 ta golli uzatma bor. Mersisayd klubi safida APLda bunday natijaga Salohdan oldin faqat 3 nafar o'yinchi erishgandi. Bular: Stiven Jerrard (212), Robbi Fauler (158) va Maykl Ouen (148).



