Saloh APLda “Liverpul” safida bunday natijani qayd etgan to'rtinchi futbolchiga aylandi

9 iyul 2020, 08:56
“Liverpul” APL 34-turi doirasida safarda “Brayton”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda “qizillar” yetakchisi Muhammad Saloh 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi. Natijada Saloh APL doirasida “Liverpul” safida gol+pas tizimida 100 ochko ishladi. Uning hisobida 73 ta gol va 27 ta golli uzatma bor. Mersisayd klubi safida APLda bunday natijaga Salohdan oldin faqat 3 nafar o'yinchi erishgandi. Bular: Stiven Jerrard (212), Robbi Fauler (158) va Maykl Ouen (148).

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24