Saloh - 36 goli haqida: "Sheriklarimsiz bunday natijaga erisha olmasdim"

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 12:41
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh APLning 31-turi doirasida "Uotford"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Shunday natija qayd etilgani bilan barcha sheriklarimni tabriklayman. Ularsiz hech qanday natijaga erishmagan bo'lardim. Biz har bir uchrashuvda uch ochko olish va ko'proq gollar urish uchun harakat qilyapmiz. Asosiysi - uch ochko qo'lga kiritdik.

O'tgan turdagi o'yinimizga munosib javob qaytara oldik. Kerakli natijaga erishdik va gollar o'tkazib yubormadik", - dedi Saloh.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bombardir.ru