Saliba jarohati sabab Millatlar Ligasi final bosqichini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
22 may 2025, 16:02
"Arsenal" va Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba milliy jamoasining Millatlar Ligasidagi muhim o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.

London klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining tizzaosti payida jarohat aniqlangan.

Saliba APLning 37-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat oldi. Birinchi bo'limdayoq futbolchi o'zini noqulay his qildi va tanaffusda almashtirildi. "Arsenal"ning tibbiy jamoasi tiklanish uchun kamida bir necha hafta vaqt ketishini tasdiqladi. Shu tariqa himoyachi Fransiya terma jamoasining iyundagi o'yinlarida qatnashmaydi.

Dide Desham shogirdlari 5 iyun kuni "MXP-Arena"da Millatlar Ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi o'ynaydi. Fransiyaliklar g'alaba qozonsa, finalda Germaniya-Portugaliya juftligi g'olibi bilan ro'baro' keladi. Final 8 iyun kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com