Salah va Koutino "Everton"ga qarshi derbini o'tkazib yuborishi mumkin
Tolibjon Qosimov
2 yanv 2018, 20:52
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachilar Muhammad Salah va Filippe Koutinolar Angliya kubogi doirasida "Everton"ga qarshi derbini o'tkazib yuborishlari mumkinligini aytib o'tdi.
"Fil (Filppe) va Mo (Muhammad)da jarohat bor. Jiddiy emas. Lekin, ularning "Everton" bilan uchrashuvda ishtirok etishlari so'roq ostida", - dedi Klopp.
Angliya kubogi 1/8 final doirasidagi "Liverpul" - "Everton" uchrashuv 5 yanvar kuni o'tkaziladi.