Salah: "Oxirigacha borishimizni kutgandik"

Tolibjon Qosimov
9 iyul 2019, 12:26
Misr terma jamoasi yetakchisi Muhammad Salah jamoasining Afrika Millatlar kubogidan chiqib ketishi haqida gapirdi.

"Juda qayg'udaman, chunki musobaqadan erta chiqib ketdik. Biz oxirigacha boramiz va qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarni xursand qilamiz deb o'ylagan edik. Umid qilaman, xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqaramiz", - deb yozdi Salah o'zining tvitter sahifasida.


Eslatib o'tamiz, Misr musobaqaning nimchorak finalida JARga imkoniyatni boy berib qo'ydi - Afrika Millatlar Kubogi-2019. JAR mezbonlarni musobaqadan chiqarib yubordi 

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/MoSalah