Salah Drogbaning Chempionlar Ligasidagi rekordini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
22 fev 2023
Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Real” dramatik bahsda “Liverpul”dan 5:2 hisobida ustun keldi.

Ushbu bahsda mezbonlarning bitta golini Moxamed Salah o'z nomiga yozdirib qo'ydi. Bunda u Tibo Kurtuaga rahmat, deb qo'ysa arziydi. 

Bu to'p misrlik futbolchi uchun YCHL doirasida 44-gol bo'ldi. Shunday qilib, Salax "Chelsi"ning sobiq forvardi Dide Drogbaning Chempionlar Ligasida (afrikalik futbolchilar ichida to'purar) rekordini takrorladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia