

"Yigitlardan minnatdorman. O'yin juda og'ir o'tdi. Iroqqa qarshi yaxshi o'ynadik deb o'ylayman, ammo o'yinchimizning keraksiz joyda ishlatgan qo'polligi bizga qimmatga tushdi. Hisob tenglashganidan so'ng yigitlarning ruhiyati tushib ketdi.
Keyingi o'yin ham biz uchun juda muhim. So'nggi uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz" - dedi iordaniyaliklar ustozi.



