

"Arsenal" vingeri Bukayo Saka klub bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda BBC Sport. 24 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2031 yilgacha mo'ljallangan. Saka haftasiga 300 ming funtdan ortiq maosh oladi, bu esa uni "Arsenal"ning eng yuqori haq oladigan o'yinchisiga aylantiradi.
Takidlanishicha, Saka bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar qariyb bir yil davom etgan. Og'zaki kelishuvga yanvar oyida erishilgan.
Saka "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda Bukayo barcha musobaqalarda o'tkazilgan 33 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.



