Tuxel Angliya terma jamoasida "Arsenal" futbolchilari bilan bog'liq jarohatlar epidemiyasi haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
2 apr 2026, 13:30
Mart oyi boshida "Arsenal"ning 3 nafar futbolchisi jarohat tufayli Angliya terma jamoasi yig'inini tark etdi.

Chempionlik poygasining keskin kechayotganini hisobga olsak, "kanonirlar"ning asosiy o'yinchilari Bukayo Saka va Deklan Raysning safdan chiqishi Tomas Tuxelda shubg'a uyg'otdi.

Murabbiy buni to'g'ridan-to'g'ri aytib o'tdi, biroq tibbiy natijalar nemis mutaxassisiga bu jarohatlarning haqiqiyligiga shubha qilish uchun hech qanday sabab qoldirmadi:

“Hozirgi vaziyatda bu juda shubhali ko'rinadi, lekin men ularning sog'lig'i nuqtayi nazaridan ularning nomidan gapirmayman. Men hamon Deklan va Bukayoga to'liq ishonaman. Biz tibbiy tekshiruvlarni o'tkazdik va ular men bilan ochiq gaplashmayapti deb o'ylashga hech qanday asosim yo'q. Biroq ikkisi ham "Arsenal" sharafini himoya qilishini hisobga olsak, muxlislarning shubhalarini tushunaman", – dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian