Saka Piresga tegishli raqamni oldi

Eldor Akmurzayev
23 iyul 2020
“Arsenal”ning iqtidorli futbolchisi Bukayo Saka libosidagi raqamni o'zgartirishga qaror qildi.

Endi u 7-raqami ostida o'ynaydi. Uning avvalgi raqami esa 77 bo'lgandi.

Oldinroq, mazkur sondagi libosda Aleksis Sanches ham harakat qilgan. Shuningdek, "ettilik" jamoaning afsonaviy futbolchilaridan biri Rober Piresga ham tegishli bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, “to'pchilar” 18 yoshli angliyalik bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagandi. U joriy mavsum APLda 26 o'yinda qatnashdi va 1+5 natija ko'rsatdi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24