Saidov va Muzaffarov yosh futbolchilarga master-klass o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2017, 16:17
19 sentyabr kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida “Neftchi” PFK hamda Farg'ona viloyat futbol federatsiyasi xamkorligida “Bolalar – bizning ertamiz” shiori ostida yosh futbolchilar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Unda  “Neftchi” vakillari Mansur Saidov va Muzaffar Muzaffarovlar ishtirok etishdi hamda yosh o'yinchilarga master-klass namoyish qilishdi. Uchrashuvni o'tkazishdan asosiy maqsad, viloyatda bolalar futbolini rivojlantirish, yosh charp to'p ustalarini taniqli futbolchilar bilan uchrashuv orqali ularning millionlar o'yiniga bo'lgan e'tibori va qiziqishini yanada oshirishdan iboratdir. Aytish kerakki, yosh futbolchilar o'z sohasining yetakchi vakillari bilan birgalikda o'tkazilgan mashg'ulotlar jarayonidan bir olam ijobiy taassurotlar olishdi. Tez orada tadbirning videosini ham e'tiboringizga taqdim etamiz. Quyida uchrashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qiling.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz