

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo jamoasi safiga Turon yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov kelib qo'shildi. 26 yoshli futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Ma'lumot uchun, Muzaffar Muzaffarov faoliyati davomida Superligada Neftchi (2014, 2017), So'g'diyona (2015, 2016), AGMK (2018), Metallurg (2019), Qo'qon-1912 (2020) va Turon (2021) klublari sharafini himoya qilgan. Xususan, o'tgan mavsum Turon safida 23 o'yinda 2ta golga mualliflik qilgan.



