Sabr tugadimi? APL klubi rahbariyati murabbiyni ishdan bo'shatmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2026
APLning 25-turida "Lids"ga 1:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin "Nottingem Forest"da Shon Daychning kelajagi jiddiy xavf ostida qoldi.

BBC ma'lumotlariga ko'ra, klub ichida Daychga nisbatan bosim tanqidiy darajaga etgan. Manbalar murabbiyni qatiy qo'llab-quvvatlash endilikda u qadar mustahkam emasligini takidlamoqda. Rahbariyat jamoaning "Elland Roud"dagi o'yinda taslim bo'lganidan juda norozi.

Eslatib o'tamiz, "Lids" va "Nottingem" o'rtasidagi bahs "Forest" jamoasi uchun falokatli kechdi: 86-daqiqaga kelib, Bogl, Okafor va Kalvert-Lyuinning gollaridan keyin hisob 0:3 edi. Faqat uchrashuv oxirida Lorenco Lukkaning debyut goli jamoa uchun tasalli bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Shon Daych "o'rmonchilar"ni 2025 yilning oktyabrida Ange Postekogludan keyin qabul qilib olgandi. Shu vaqt ichida u jamoa bilan 24 o'yin o'tkazib, 10 ta g'alaba, 5 ta durang va 9 ta mag'lubiyat qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC