Sabaleta "Roma" bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2016, 12:53
"Manchester Siti" himoyachisi Pablo Sabaleta "Roma"ga o'tishga yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik "bo'rilar" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib qo'ygan. Agar kelishuv amalga oshsa, futbolchi Rim klubida yiliga 2,5 mln. evro ishlab topadi.

Ko'p narsa Sabaletaning "Siti" rahbarlari bilan uchrashuviga bog'liq. "Shaharliklar" futbolchini majburlab olib qololmaydi va "Roma"dan himoyachi uchun 3 mln. evro talab qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport