Ryudigerning holati haqida ma'lumot berildi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2022, 10:15
"Real"ning germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger boshidan jarohat olgani uchun tibbiy tekshiruvdan o'tdi.

Manbaga ko'ra, futbolchiga og'ir kesilish tashxisi qo'yilgan, biroq uning yuz suyaklari shikastlanmagan. Shu tariqa, u Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Barselona" bilan o'yinda (16 oktyabr) maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ryudiger Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turidan o'rin olgan Doneckning "Shaxtyor" klubiga qarshi uchrashuvda (1:1) Ukraina jamoasi darvozaboni Anatoliy Trubin bilan to'qnashib ketgan edi.

29 yoshli Ryudiger joriy mavsum Madrid klubi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Avvalroq Ryudigerning boshiga 20 ta chok tushgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca