Ruyning agenti Maldini bilan uchrashadi. Sababini bilasizmi?

17 iyun 2019, 20:15
"Napoli" himoyachisi Mariu Ruy "Milan"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skirining ma'lum qilishicha, yaqin vaqt ichida 28 yoshli futbolchining agenti Mario Juffredi "Milan" texnik direktori Paolo Maldini bilan uchrashadi. "Napoli" portugaliyalikni 13 million evroga sotish niyatida ekanligi ma'lum bo'ldi. 

O'tgan mavsum A Seriyada Ruy 20 ta o'yinda qatnashdi va 1 ta gol, 2 ta assistni hisobiga yozdirib qo'ydi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/NicoSchira