“Ruxsor Kubogi” – 2015da ishtirok etishni istaysizmi?

Narzulla Saydullayev
17 dek 2015, 15:04
Yangi yil bayrami arafasida Farg'ona shahrida “Ruxsor Kubogi” bo'lib o'tadi.

Farg'ona shahar xokimligi, Farg'ona viloyat futbol federatsiyasi, “Neftchi” professional futbol klubi, Farg'ona viloyat mini-futbol Assotsiatsiyasi, Farg'ona shahar Kamolot YOIH Kengashi va “championat.asia” sayti hamkorligida “Ruxsor” teleradiokanali “Sog'lom hayot sari” shiori ostida birinchi marotaba mini-futbol bo'yicha havaskorlar o'rtasida “Ruxsor Kubogi” turniri o'tkaziladi.

Turnir joriy yilning 24-27 dekabr kunlari Farg'ona shahrida bo'lib o'tadi. Albatta turnir yakunida 1,2 va 3-o'rinlarni egallagan jamoalar munosib taqdirlanadilar. Unda Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarida professional futbolchi bo'lmagan, shahar va qishloqlarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan yuqori bo'lgan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (+99890) 188 64 44 (faqat vodiyda istiqomat qilayotganlar uchun).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia