

"Jamoamiz ancha yosh bo'lsa ham guruh bosqichiga chiqish vazifasini uddaladik. Qiyin o'yin bo'ldi, barcha yigitlar bir biriga yordam berib o'ynadik.
Uchrashuvdan oldin mehmonxonadaligimda bugun gol urishimni xis qilgandim. Xonadoshim Dilshod Hamroevga ham bugun gol urishimni sezayapman degandim. Penaltilar seriyasidan bo'lsa ham gol urganimdan xursandman. Gol urgach zaxira o'rindig'idagi Dilshod Hamroevni yoniga borib mehmonxonadagi gaplarimni eslatdim.
Bizni O'zbekistondan turib qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman", - deydi Rustamjon Ashurmatov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati



