Rustamjon Ashurmatov: “Boshqa ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q”

Narzulla Saydullayev
4 avg 2016, 14:30
“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” himoyachisi Rustamjon Ashurmatovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- To'g'risini aytganda, bizni kunimiz emas ekan. Yomon o'ynadik deyolmayman. Lekin yaxshiyam o'ynolmadik. Himoyada yo'l qo'ygan xatolar qimmatga tushdi. Birinchi daqiqadagi gol “Neftchi”ning ruhiyatini ko'tarib yubordi. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Ayniqsa, penaltini golga aylantirganimizda balki o'yin boshqacha kecharmidi... Mag'lubiyatni unutdik. Endi oldindagi bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz. O'ylaymanki, kurash hali oldinda. Boshqa ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. “Neftchi”ni g'alaba bilan tabriklayman, - deydi Rustamjon Ashurmatov.


"Bunyodkor" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia