
O'yinni o'zinglar ko'rdinglar. “Navbahor” futbolchilari bugun ko'proq g'alaba qozonishni istashgani uchun maqsadlariga yetishdi. Shogirdlarimni oldingi o'yinlardagi kabi shijoat ko'rsatishmaganiga charchoq yoki bo'lmasa rahib kuchini to'g'ri baholay olmaslik sabab bo'ldi deb o'ylayman. Yana bir sabablardan biri turlar orasidagi tanaffusni kattaligini ham ko'rsatish mumkin. Aynan buning natijasida o'yin amaliyoti borasida muammolar yuzaga kelmoqda. Agarda “Navbahor” ayni paytda musobaqa jadvalida yuqori o'rinda borayotgan bo'lganida, futbolchilarimiz o'yinga jiddiy ahamiyat berishgan bo'lardi. Nazarimda raqib kuchiga to'g'ri baho bermaslik yakunda jamoamizni uch ochkodan mahrum qildi deb o'ylayman, - deydi Rustam Mirsodiqov.